SOM arxitektura byurosi Xitoydagi yirik sanoat kompaniyalarining biridan ştab-kvartira quriş böyiça buyurtma oldi va osmonöpar binoning 270 metrli loyihasini taqdim etdi.

Baland bino 53 qavatdan iborat bölib, Şençjen şahri markazidan örin oladi. Uning öziga xosligi— panoramali körinişga ega boğ funksiyasini bajaruvçi markaziy lobbisidir.

Loyiha mualliflarining ta’kidlaşiça, osmonöpar bino nafaqat ştab-kvartira, balki 60 ming kişiga uçun ofis xonalariga ega korporativ kampus hamda savdo zali sifatida ham faoliyat yuritadi. Şu bilan birga, birinçi navbatda ekologik qulayliklar inobatga olingan. Intererlar esa toğ peyzajlari uslubida köriniş oladi.

Bundan taşqari, zamonaviy binolardagi kabi energosamarador va ekologik texnologiyalar ham e’tibordan çetda qolmagan. Intellektual tizimlar kunduzgi yoruluğlik miqdorini hisobga oladi va şu orqali bino içidagi energiya iste’molini nazorat qiladi. Suv resurslarini boşqariş tizimi esa maksimal darajada suvni tejab, çiqindilarni samarali qayta işlaşga intiladi.

Aftidan, SOM byurosining osmonöpar binosi loyihasi böyiça amalga oşiriladigan quriliş işlari 2029 yilda yakunlanadi.