Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) hali Kursk oblastini tark etişni rejalaştirmayapti va «kerak bölguniça» u yerda qolişni rejalaştirmoqda. Bu haqda AFP agentligi 22 noyabr, juma kuni Ukraina armiyasidagi manbalarga tayanib yozdi. Hisobotda qayd etilişiça, Ukraina Qurolli kuçlari öz vaqtida Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan 1400 kvadrat kilometrdan sal kamroq qismini nazorat qilgan. Hozirda qariyb 800 kvadrat kilometr ularning nazorati ostida qolmoqda.

Şuningdek, ukrainalik manbalar AFP agentligiga Rossiya armiyasi Donetsk oblastida Pokrovsk va Kuraxova tomon oldinga siljişda davom etayotganini aytdi. Kuraxovo yaqinida u har kuni 200-300 metr maydonni egallaşga muvaffaq bölyapti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning Dnipro şahriga zarba beriş uçun Rossiyaning yangi «Oreşnik» raketasidan foydalanilgani haqidagi sözlarini şarhlar ekan, AFP manbalari Rossiya Qurolli kuçlari arsenalidagi bunday raketalar soni «juda çeklangan»ligini aytdi. «Ulardan faqat bir neçtasi bor», dedi ular.

RFning qator oblastlari yadroviy doktrina yangilanişi fonida hujumga uçradi

20 noyabrga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining töqqizta mintaqasi – Novgorod, Kursk, Oryol, Belgorod, Tula, Tver, Bryansk, Moskva va Smolensk oblastlariga Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) tomonidan hujum qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning versiyasiga köra, havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 44 ta samolyot tipidagi dronlarini yöq qilgan va tutib olgan.

Ertalab HHM Bryansk oblastida uçta Ukraina uçuvçisiz uçoğini, Oryol va Belgorod oblastlari uzra yana ikkita uçuvçisiz uçoqni urib tuşirdi, deya xabar qildi mudofaa idorasi.

Novgorod oblasti gubernatori Andrey Nikitin raisligida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş böyiça komissiya yiğilişi bölib ötdi. Unga köra, Kotovo posyolkasi aholisi Okulovka şahridagi vaqtinçalik yaşaş markazlariga joylaştirilgan.

Astra Telegram-kanali xabariga köra, Kotovo posyolkasida Rossiya Mudofaa vazirligining Boş raketa-artilleriya boşqarmasining 13-arsenaliga hujum qilingan. Gubernator arsenalga qilingan hujum faktini tasdiqlamadi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andrey Kovalenkoning sözlariga köra, dronlar haqiqatan ham arsenalga zarba bergan.

Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya Federatsiyasining yadroviy tiyib turiş sohasidagi davlat siyosati asoslarini tasdiqlaş töğrisida»gi farmonni imzoladi. Farmon 19 noyabr kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilindi va darhol kuçga kirdi.

Yangilangan doktrinaga köra, «yadroviy davlat kömagida har qanday yadroviy bölmagan davlat tomonidan Rossiya Federatsiyasi va uning ittifoqçilariga tajovuz qiliş», şuningdek yadroviy bölmagan vositalar, şu jumladan dronlar bilan ommaviy havo hujumi uyuştiriş yadroviy zarba uçun asos böladi.