Extinction Rebellion harakati faollari norozilik ramzi sifatida Italiya Içki işlar vazirligi binosi qarşisiga göng tökib, lager tikladi, deb xabar beradi Corriere della Sera naşri.

«Faollar göng ortilgan yuk maşinasida kelib, uni yerga tökişdi», — deyiladi xabarda.

Gazeta ma’lumotlariga köra, norozilik aksiyasi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boşlangan. Yuzga yaqin yoşlar göngni vazirlik binosi ortidagi yölakka tökib, idoraning kiriş qismi yaqiniga çodirlar örnatgan holda lager tiklagan. Aksiya iştirokçilari atrof-muhit va iş örinlari himoyasi töğrisida şiorlarini baqirib aytgan.

Hodisa joyiga politsiya yetib kelgan. Huquq-tartibot xodimlari faollarni çodirlardan olib çiqib, şaxsiga aniqlik kiritiş maqsadida ularni idoraga olib ketgan. Ayrim faollar yerga ötirgan holda «passiv qarşilik» körsatgan, ba’zilari esa daraxtlarga transparat (şiorlar yozilgan qoğozlarini) ilişga uringanida uşlangan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning mart oyida Yevropada fermerlar norozilik namoyişlari ötkazib, Yevrokomissiya binosiga göng sepişgan edi. Öşanda Yevropa fermerlari Ukrainadan bojsiz kirib kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bozordagi narxni tuşirib yuborayotganidan norozilik bildirgan.