Maldiv orollari hukumati budjetni töldiriş uçun turistlardan undiriladigan soliqni oşirişga qaror qildi: gap «yaşil» soliq, turistik yiğim, aeroportda xizmat körsatilgani uçun yiğim va turistlik tovar hamda xizmatlar uçun solqilar haqida ketmoqda.

Qayd etilişiça, 2025 yil 1 yanvarda har bir turistdan mehmonxona yoki boşqa turar-joy obektida qolganlik uçun undiriladigan «yaşil» soliq miqdori ikki barobarga oşadi. Mehmon uylari va xonalari soni 50 tadan kam mehmonxonalarda qoladigan sayyohlar uçun kuniga 6 dollar, yirik kurortlarda qolganlar uçun esa kuniga 12 dollar undiriladi.

2024 yil 1 dekabrda boşlab mamlakatga kiriş uçun undiriladigan yiğim hamda aeroportni rivojlantiriş yiğimi ham oşiriladi. Endi ekonom-klassda keladigan yölovçilar oldingidek 30 emas, balki 50 dollardan tölaydi. Biznes-klass yölvoçilaridan — 120 dollar, birinçi klassdan esa 240 dollar (oldin 90 dollar edi) undiriladi. Biznes-jyet yölovçilari esa qariyb 1000 dollar tölaşi kerak böladi — ular uçun har bir yiğim miqdori 120 dan 480 dollargaça oşirilmoqda.

Xorijga sayohat qiladigan arxipelag aholisi agar ekonom-klassda uçsa, yiğimlar özgarmaydi — 12 dollar. Ammo biznes, birinçi klass va xususiy samolyotlar yölovçilari uçun yiğimlar xuddi çet elliklarga belgilangandek oşadi.

Turistik tovarlar va xizmatlar uçun soliq miqodir 2025 yil 1 iyuldan 16 foizdan 17 foizga qadar kötariladi.

«Turistlarga solinadigan soliqlar miqdorining oşirilişi ğaznaga qöşimça 175 million dollar olib kelişi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, 2023 yilda Maldiv orollari 1,8 million xorijlik turistni qabul qilgan. Arxipelagning turizmdan köradigan daromadi 3,6 milliard dollarni taşkil etadi.