Qaror bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlari:
- barça turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yiğimlardan ozod qilinadi;
- unda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan çet ellik öqituvçi va mutaxassislar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va ijtimoiy soliq tölamaydi.
Şuningdek, 2030 yil 1 yanvargaça nodavlat maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlari Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan quyidagi tovarlarga bojxona tölovlari tölamaydi (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar bundan mustasno):
- zamonaviy öquv va laboratoriya uskunalari;
- kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
- öquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
2025 yil 1 yanvardan boşlab:
- nodavlat ta’lim taşkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga «A-2» öqituvçi kiriş vizalarini beriş yölga qöyiladi;
- davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qiliş huquqini beruvçi tasdiqnoma beriş yiğim miqdori BHM 30 baravaridan 1 baravarigaça kamaytiriladi.












