Filippin poytaxti Manilada 24 noyabr tongidan beri davom etayotgan yonğin tufayli mingga yaqin uy yonib kul böldi.
Manila öt öçiriş xizmatining ma’lum qilişiça, yonğin Isla-Putting-Bato tumanidagi uylardan birining ikkinçi qavatida boşlangan va köp ötmay boşqa xonadonlarga ham tarqalgan. Yonğin qamrab olgan hududda 2 mingga yaqin oila istiqomat qiladi.
«Halok bölganlar va jabrlanganlar töğrisida ma’lumot yöq», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, yonğinni öçirişga 36 ta yuk maşinasi, 4 ta öt öçiriş kateri, mamlakat Harbiy-havo kuçlarining ikkita vertolyoti jalb etilgan.
«Mazkur hududdagi uylar oson yonuvçan materiallardan qurilgani bois yonğinga bardoşsiz hisoblanadi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2017 yilda Filippin poytaxti Manila şahridagi tumanlardan birida kuçli yonğin yuz berişi oqibatida taxminan 15 ming kişi boşpanasiz qolgandi.












