Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin poytaxtida kuchli yong‘in oqibatida 15 ming kishi boshpanasiz qoldi
Filippin poytaxti Manila shahridagi tumanlardan birida kuchli yong‘in yuz berdi. Buning oqibatida taxminan 15 ming kishi boshpanasiz qoldi, deb xabar bermoqda “Assoshieyted Press” axborot agentligi.
Manila portiga yaqin joyda bo‘lgan Parola mavzesida bir kecha davomida 2 mingdan ortiq turar-joy inshooti yonib ketdi, deyiladi xabarda. O‘t o‘chirish xizmati xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, olov seshanba kuni kechqurun boshlangan. Hodisa yuz bergan joydagi turar-joylar 2-3 oilaga mo‘ljallangan bo‘lib, bir-biriga juda yaqin joyda joylashgan, buning oqibatida yong‘in tezlikda butun mavzega tarqalib ketdi, deb xabar berdi agentlik.
Yetti nafar inson yengil tan jarohatlari oldi, yong‘inda boshqa hech kim jabrlanmagan, deyiladi xabarda. Mavze aholisi yonayotgan uylardan qochib chiqishga ulgurdi.

Manila ijtimoiy xizmatlari ertalab boshpanasiz qolganlarni vaqtinchalik turargoh bilan ta'minlashdi. Ayni damda u yerda 3 mingga yaqin oila bor, deb xabar bermoqda agentlik.
Agentlikning ta'kidlashicha, yong‘in faqatgina ertalab butunlay o‘chirilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026