iSeeCars mutaxassislari baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni örganib çiqib, halokatli falokatga uçraş ehtimoli ikki baravar yuqori bölgan modellarni aniqladi.
Eng xavfli avtomobillar beştaligiga Hyundai Venue, Chevrolet Corvette, Mitsubishi Mirage, Porsche 911 va Honda CR-V Hybrid kirdi. Ularning ölim darajasi avtomobillar böyiça örtaça körsatkiçdan deyarli beş baravar yuqori.
Tesla kompaniyasining ikkita modeli — Model Y va Model S haydovçilarga yordam berişning ilğor texnologiyalariga ega bölganiga qaramay, eng xavfli avtomobillar röyxatiga kirdi.
Brendlar orasida Tesla eng yuqori ölim darajasiga ega, undan keyingi örinlarni Kia, Buick, Dodge va Hyundai egallab turibdi.
Ixçam va kiçik ölçamdagi avtomobillar ölim darajasining eng yuqori körsatkiçlariga ega — har bir milliard milya uçun 3,6 ölim.
Katta ölçamli modellar eng past ölim darajasiga ega, har bir milliard milga 2,0 ölim.
Top-10 eng xavfli avtomobillar (har milliard milga ölimlar soni):
1. Hyundai Venue — 13.9
2. Chevrolet Corvette — 13.6
3. Mitsubishi Mirage — 13.6
4. Porsche 911 — 13.2
5. Honda CR-V Hybrid — 13.2
6. Tesla Model Y — 10.6
7. Mitsubishi Mirage G4 — 10.1
8. Buick Encore GX — 9.8
9. Kia Forte — 8.1
10. Buick Envision — 8.0
iSeeCars reytingni tuzişda AQŞ ölimlar tahlili tizimi (FARS) ma’lumotlaridan foydalangan. Tahlil faqat 2017 – 2022 yillar oraliğidagi avariyalar iştirokçisi bölgan va 2018 - 2022 yillarda işlab çiqarilgan avtomobillarni öz içiga olgan.












