Tuman (şahar)larda atmosfera havosining ifloslanişini fon monitoringi qilişning 347 ta avtomatlaştirilgan kiçik stansiyasini xarid qiliş va örnatiş rejalaştirilgan. Hujjat bilan avtomatlaştirilgan kiçik stansiyalarning manzilli röyxati tasdiqlandi.

Ifloslantiruvçi manbalarni sifatli monitoring qiliş uçun tasdiqlangan jadvalga köra, xöjalik yurituvçi sub’yektlar (atrof-muhitga ta’sir körsatiş I toifasi – 2025 yil 1 iyulgaça, II toifasi – 2025 yil oxirigaça) quyidagilarni ta’minlaşlari kerak:

ustuvor turğun (taşkillaştirilgan) ifloslantiriş manbalaridan atmosfera havosiga çiqariladigan taşlamalarni monitoring qilişning avtomatlaştirilgan kiçik stansiyalarini örnatiş;
yuqori samarali çang va gazni tozalaş qurilmalari hamda mahalliy suv tozalaş inşootlarini yangilariga almaştiriş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş;
xöjalik yurituvçi sub’yektlarning sanitariya-himoya zonalarini avtomatlaştirilgan statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlaş.
 
Örnatiladigan yangi çang-gazni tozalaş uskunasining samaradorligi kamida 99,5 foiz, mavjud modernizatsiya qilinadigan uskunalarniki – kamida 95 foiz, yangi va modernizatsiya qilinadigan mahalliy suv tozalaş inşootlariniki – kamida 80 foiz bölişi kerak.