AQŞdagi Roçester universiteti olimlari inson miyasida psixozning potensial biomarkerini aniqladi. Tadqiqot natijasi Molecular Psychiatry ilmiy jurnalida çop etildi.

Human Connectome Early Psychosis Project loyihasi doirasida töplangan ma’lumotlarni tadqiq etiş asnosida olimlar jamoasi 159 nafar iştirokçining MRT-tasvirlarini örganib çiqqan. Ularning 105 nafarida psixologik buziliş testgaça bölgan beş yil davomida rivojlangan.

Tadqiqotçilar psixozga çalingan bemorlar miyasi qobiğidagi sensor sohalar bir-biri bilan kuçsiz va talamusda — miyaning retranslyatsion axborot stansiyasida kuçli boğlanganini aniqladi.

Uşbu farqlar tana harakatlari va hissiyotlarini qayta işlovçi somatomotor tarmoq hamda obektlar, yuzlar va murakkab xususiyatlarning tasvirlarini generatsiya qiluvçi vizual tarmoq bilan çeklangan. Mazkur ikki tarmoqdagi uziliş belgilarini birlaştiriş tadqiqotçilarga «somato-vizual» biomarkerni yaratişga imkon bergan.

Oldingi tadqiqotlar şizofreniya bilan oğrigan odamlarning sensorli tarmoqlarida anomal miya aloqalari mavjudligini körsatgan, ammo aynan qaysi tarmoqlar bunga mas’ul ekani noaniqligiça qolib kelayotgan edi.

Olimlarning sözlariga köra, aniqlangan biomarker ruhiy buzilişni beş daqiqada aniqlaş va ança zamonaviy davolaş usullarini qöllaş imkonini beradi.

Avvalroq Honkong politexnika universiteti tadqiqotçilari majong öyini keksalarning kognitiv qobiliyati, xotirasi va hissiy holatiga ijobiy ta’sir qilişini aniqlagani töğrisida xabar berilgan edi.