Majburiy ijro byurosi Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalar va xalqaro taşkilotlardagi a’zoligi böyiça majburiyatlarni bajariş uçun mas’ul bölgan davlat organlari va boşqa taşkilotlar röyxatiga kiritildi.
Byuro Sud ijroçilarining xalqaro ittifoqiga a’zolik badallarini öz vaqtida tölaş uçun mas’ul böladi.
Ma’lumot uçun: Sud ijroçilarining xalqaro ittifoqi – turli mamlakatlarning sud ijroçilari örtasidagi xalqaro hamkorlikni muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş uçun taşkil etilgan nodavlat taşkilot. 1952 yilda Fransiya Sud ijroçilarining milliy palatasi taşabbusi bilan tuzilgan. Hozirgi vaqtda taşkilot taxminan 100 ta mamlakatning sud ijroçilari xizmatlarini birlaştiradi.
Şuningdek, Majburiy ijro byurosi rivojlantiriş jamğarmasi Kuzatuv kengaşi tarkibiga özgartirişlar kiritilmoqda. Xususan, Byuro direktori, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği örniga uning tarkibiga lavozimi böyiça Boş prokuraturaning Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği kiradi.











