Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqov ÖzAga bergan intervyusida şahardagi 35 ta bozor va savdo kompleksi sotuvga qöyilişi yuzasidan izoh berdi.
“Bozorlar eng oğir yönalişlardan biri. Xalqimiz orasida “Bozor va mozorga tegma”, degan naql bor va uşbu gapning ortida asosli xavotirlar yotibdi. Aholimiz örgangan va nasibasini topayotgani joylar özgarsa, albatta, bezovta böladi, ammo aytiş lozimki, hozirgi bozorlar körinişi bilan ham, biznes modeli bilan ham zamonaviy talablarga javob bermaydi. Şuning uçun 35 ta davlat bozori va savdo majmuasi investorlarga taklif etilmoqda. Lekin bir narsani aniq aytaman: birorta bozor yopilmaydi va öz funksiyasini yöqotmaydi.
Investorga uçta qatʼiy şart qöyiladi: belgilangan hajmdagi savdo rastalarini zamonaviy şaklda qurib davlatga topşiriş, mavjud tadbirkorlarning iş örinlarini saqlaş va yetarli siğimdagi avtoturargoh barpo etiş. Investor faqat samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, xizmat va köngiloçar obyektlar quriş huquqini oladi.
Ekobozor bu model işlaşini körsatdi. Xalqaro tajriba ham bor – Rotterdamdagi Markthal yoki Lissabondagi Time Out Market tarixiy bozor funksiyasi saqlangan holda şaharning eng gavjum nuqtalariga aylangani bunga misol böla oladi. Bizning bozorlarimiz ham milliy muhitini saqlagan holda aynan şunday rivojlanişi kerak”, – dedi Umrzoqov.
27-iyul kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, Toşkentdagi quyidagi bozorlar va savdo komplekslari ommaviy savdolarga çiqariladi:
T/r | Bozor va savdo komplekslari, ularning şoxobçalari | Manzili | Yer maydoni | Bino-inşoot maydoni |













