Taşrifdan közlangan asosiy maqsad mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantiriş uçun xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytiriş va davlat boşqaruvini nomarkazlaştiriş böyiça Avstriya tajribasini örganişdan iborat böldi.

Delegatsiya Özbekiston elçixonasi kömagida Avstriya parlamenti, Davlat xizmatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Şahar va qişloqlar uyuşmasi, Ştiriya federal yeri, Grats, Vena va Krems şaharlari ma’muriyatlari hamda Krems amaliy fanlar universitetida samarali muzokaralar ötkazdi.

Avstriya federal davlat boşqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda mamlakatning davlat xizmatçilari uçun maxsus öquv kurslarni taşkil qiliş masalasi Davlat xizmatlari vazirligida muhokama etildi.

Avstriya adliya vazirligida bölib ötgan uçraşuvda esa mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni nafaqat ikki tomonlama, balki köp tomonlama ham faollaştiriş hamda özaro manfaatli sohalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va ularni imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.

Şahar va qişloqlar uyuşmasida Özbekiston delegatsiyasi a’zolari mamlakatning boşqaruv tizimi faoliyati va ularni rivojlantirişda uyuşmaning örni töğrisidagi ma’lumotlarga ega bölişdi.

Taşrif davomida, Ştiriya federal yeri, Grats va Vena şaharlari ma’muriyatlaridagi uçraşuvlarda hokimiyatning taqsimlanişi, sohalarda işlarni taşkil qiliş tartibi va delegatsiyani qiziqtirgan boşqa savollar böyiça ham fikrlar almaşildi.

Krems şahri ma’muriyati va Krems amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvda delegatsiya a’zolari mazkur şahar aholisining turmuş tarzi, undagi oliy öquv yurtlarida kadrlar tayyorlaş tizimi bilan yaqindan tanişişdi. Mamlakatlar şaharlari örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş, hududlarda joylaşgan oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik qiliş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari böyiça kelişuvlarga erişildi.