Vazirlar Mahkamasining “Respublikada issiqxona xöjaliklari faoliyatini soğlomlaştiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Faoliyati qayta taşkil etiladigan issiqxona xöjaliklarini boşqariş maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari taşkil qilinadi. Bunda banklarga:

  • issiqxona majmualarini investorlarga, şu jumladan, respublikaning boşqa hududlariga köçirib ötkaziş orqali sotiş;
  • issiqxona xöjaligi tomonidan qöşimça garov ta’minotini taqdim etiş hisobiga issiqxona majmualarini ta’mirlaş va aylanma mablağlarni töldiriş uçun kredit resurslarini ajratiş;
  • tijorat banklari tomonidan xorijiy valutadagi kreditlarni ularning kredit siyosatlari doirasida milliy valutada qayta rasmiylaştirişni körib çiqişga ruxsat beriladi. 

 
Şuningdek, issiqxona xöjaliklarida yetiştiriladigan qişloq xöjaligi ekinlarining hosildorligini oşiriş maqsadida tijorat banklari Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi yordamda yuqori malakali agronomlarni jalb qilişadi.

Issiqxona xöjaliklari va ularga ajratilgan kreditlarni yangi mulkdorga qayta rasmiylaştirişda «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ tomonidan ilgari berilgan kafillik va kompensatsiyalar böyiça şartnomalarni qayta tuzişga ruxsat beriladi

Bundan taşqari, issiqxona xöjaliklariga xorijiy valutada ajratilgan kreditlar milliy valutada qayta rasmiylaştirilganda, «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oşmagan stavkadagi kreditlarga hududlar toifasidan kelib çiqqan holda, kompensatsiya taqdim etiladi. 

Qarzdorlikni söndiriş hisobiga undiruv qaratiladigan garovga qöyilgan mol-mulkni (issiqxona majmuasi va uskunasi), istisno tariqasida, bozor bahosida qayta baholab, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotişga ruxsat berilmoqda.

Mazkur çoralar dastlabki tarzda Xorazm viloyatida, keyin esa respublikaning boşqa hududlarida amalga oşiriladi.