Suriyadagi isyonçilarning muvaffaqiyatli hujumi fonida Rossiya öz kemalarini Tartusdagi harbiy-dengiz bazasidan olib çiqişni boşladi, deb yozdi Naval News.

Portal ma’lumotlariga köra, 2 dekabr kuni Rossiya Qurolli kuçlariga Örta yer dengizida yordam körsatayotgan «Yelnya» tankeri Tartusdan çiqib ketgan. U bilan boşqa kemalar ham jönab ketgan bölişi mumkin. Suriyadagi portga Rossiyaning ikkita fregati va suv osti kemasi joylaştirilgan edi.

Harbiy tahlilçilar fikriga köra, kemalarning olib çiqilişi mamlakatdagi vaziyatning yomonlaşgani bilan boğliq bölişi mumkin. Rossiya öz kemalarini Boltiq dengiziga jönatib, yölda Jazoir yoki Liviyada töxtaşi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Agar Moskva Tartusdagi bazani saqlab qolişga qaror qilsa, u yerga qöşimça kuçlarni yuborişi kerak böladi, bunga bir neça hafta kerak böladi.

Suriyadagi vaziyat noyabr oyi oxirida «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi boşçiligidagi isyonçilar Halabni egallab, Xama tomon yurgaç, keskinlaşdi. Suriya armiyasi mağlubiyatni rad etdi va Rossiya harbiy-havo kuçlari kömagida qarşi hujumga tayyorgarlik körmoqda. Moskva esa Suriyadagi kuçlari qömondonini özgartirib, general-polkovnik Aleksandr Çaykoni tayinladi va Sergey Kiselni lavozimidan çetlatdi.