Suğoriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxşilaş, suv resurslaridan tejamli foydalaniş, qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişi uçun Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqildi:

«Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qiliş» loyihasining dastlabki qiymati 160 mln dollar;
«Qaşqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qiliş» loyihasining dastlabki qiymati 60 mln  dollar.

Loyihalarni amalga oşiriş buyurtmaçisi etib Suv xöjaligi vazirligining Suv xöjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş markazi belgilandi. Loyihalarni moliyalaştiriş manbai esa XXR Eksport-import bankining imtiyozli krediti hisoblanadi.

Bu loyihalarning boş qurilişçi pudratçisi sifatida istisno tartibida Xitoy kompaniyalari CITIC Construction Co.Ltd va China SAMS Engineering So, Ltd belgilandi.

2025 yildan boşlab, XXR Eksport-import banki bilan qarz şartnomalari loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanganidan söng, bajarilgan işlar hajmiga qarab qismlarga bölib imzolanadi.

Şuningdek, «Qaşqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qiliş» loyihasi doirasida 2025 yilda 15 foizlik oldindan tölov uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlarida meliorativ obektlarni ta’mirlaş va tiklaş uçun belgilangan mablağlardan 120 mlrd söm yönaltiriladi.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganidan söng, qarz bitimi şartlaridan kelib çiqib, 2025 yil uçun Davlat budjeti parametrlariga özgartişlar kiritiladi.