Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Turkiyaning yirik quriliş kompaniyalaridan biri Kalyon Insaat mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni boşladi. Turkiyadagi quriliş loyihalarida 1410 nafar Özbekiston fuqarosini işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.
Dastlabki 20 nafar Özbekiston fuqarosi 1 dekabr kuni Toşkentdan Istanbulga uçib ketdi. Yana 40 nafar fuqaro Samarqanddan işga jönaydi. Dastlabki bosqiçda korxonada 60 işçi, 2025 yilning yanvaridan esa yana 1350 mutaxassis iş boşlaydi.
«Turkiyada işga qabul qilinayotgan özbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yil yanvar oyida 1350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida iş bilan ta’minlaymiz», — dedi kompaniya vakili Akin Kirçiçek.
Şartnomaga köra, yölkira, turar joy, uç mahal issiq ovqat, maxsus kiyim va himoya vositalari iş beruvçi tomonidan qoplanadi. Şuningdek, munosib iş haqi va mehnat huquqlari kafolatlanadi.












