Namibiyada 27-30 noyabr kunlari bölib ötgan saylovlar natijasiga köra, 72 yoşli Netumbo Nandi-Ndaytva — SWAPO (Janubi-ğarbiy Afrika xalq taşkiloti) partiyasining vitse-raisi prezident etib saylandi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga köra, prezidentlik saylovlarida saylovçilarning 76,05 foizi ovoz bergan.

MSK hisob-kitoblariga köra, Nandi-Ndaytva 58,07 foiz ovoz töplagan — unga 638,5 ming odam ovoz bergan. «Namibiya xalqi tinçlik va barqarorlik uçun ovoz berdi», — deydi siyosatçi natijalar e’lon qilinganidan keyin.

Nandi-Ndaytva SWAPO mustaqillik uçun JARga qarşi partizanlik uruşini olib borgan vaqtlardayoq taşkilotning faol a’zosi bölgan, qöşni Zambiyada quvğinda faoliyat yuritgan, 1970 yillarda SSSRda öqigan. 2012 yildan beri Namibiya xalqaro munosabatlar va hamkorlik vaziri lavozimida işlab keladi, 2015 yildan 2024 yil fevralga qadar boş vazir örinbosari edi.

Töplangan ovozlar soni böyiça 67 yoşli Panduleni Itula asosiy raqobatçisidan qolib ketdi. Stomatolog va SWAPO’ning sobiq a’zosi bölgan Itula 2019 yilda prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida iştirok etgan va 29 foiz ovoz töplagan edi. Şundan söng u SWAPO a’zoligidan çiqarilgan va Itula öz partiyasini tuzgan. Joriy yilgi saylovlarda esa u 25,84 foiz ovoz töpladi. Prezidentlik lavozimi uçun jami 15 nomzod kuraşdi — keyingi yetakçilar 5,04 foizdan 0,11 foizgaça ovoz töplagan.