Hujjat bilan Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, şuningdek davlat taşkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qiliş va baholaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:

"Özkomnazorat" inspeksiyasi tomonidan "Raqamli nazorat" kompleks axborot tizimi orqali aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qiliş va baholaş;
respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda davlat taşkilotlari aloqa markazlari reyestrini yuritiş.

Nizomga köra, aloqa markazi – jismoniy va yuridik şaxslarning telefon murojaatlarini qabul qiliş va ularga munosabat bildiriş böyiça xizmatlar körsatuvçi va buning uçun zarur taşkiliy, texnik va boşqa resurslarga (işonç telefonlari, Call-markazlar, dispetçerlik markazlari) ega bölgan taşkilot yoki bölinmadir.

Aloqa markazlari quyidagiça baholanadi:

  • 71 balldan 100 ballgaça – "a’lo" baho ("yaşil" toifa);
  • 55 balldan 70 ballgaça – "yaxşi" baho ("sariq" toifa);
  • 54 ballgaça – "qoniqarsiz" baho  (qizil toifa