Ilmiy izlaniş natijalari Molecular Psychiatry jurnalida e’lon qilindi. Olimlarning aniqlaşiça, şizofreniya va autizm bilan boğliq kasalliklar guruhi miya hajmining qisqarişiga olib keladi. Tbx1 geni olib taşlangan laboratoriya siçqonlarining miyasi va ijtimoiy xulq-atvorini örganiş böyiça ötkazilgan tajribada şunday xulosaga kelindi. Bu gendan mahrum bölgan siçqonlar miyasida ma’lumotlarni qayta işlaş juda sekin keçgan.
Tadqiqotçilar ruhiy buzilişlarning miyaga ta’sirini baholaş uçun ikkita testdan foydalandi: fazoviy xotira sifatini aniqlaşda Morris labirinti, diqqatni tez özgartiriş qobiliyatini tekşirişda yana bir test ötkazildi. Ikkinçi test yordamida kognitiv moslaşuvçanlik, ya’ni tirik mavjudotning bir vazifadan boşqasiga tezda ötiş qobiliyati tekşiriladi, bu esa qaror qabul qiliş jarayoniga bevosita ta’sir körsatadi.
Tbx1 geni yetişmaydigan tajriba siçqonlari soğlom siçqonlarga nisbatan ança past natijalar körsatdi. Biologlar uşbu gensiz siçqonlarda bodomsimon bez va uning atrofidagi miya pöstloği hajmi kiçrayganini aniqladi. Miyadagi bodomsimon bez tirik mavjudotlarning hissiy xulq-atvorini boşqarişda muhim ahamiyatga ega. Bez hajmining kiçikligi individning tölaqonli ijtimoiy faoliyati va faolligiga tösqinlik qiladi.
Avvalgi tadqiqotda bolalikdagi qiyinçiliklar miyaning rivojlanişini sekinlaştirişi ma’lum bölgandi. Erta yoşda boşdan keçirilgan salbiy tajribalar insonning ruhiy salomatligi va farovonligiga ta’sir ötkazib, çuqur iz qoldirişi mumkin.











