Vladimir Putin va Aleksandr Lukaşenko Ittifoq davlati Oliy davlat kengaşi majlisi doirasida Rossiya hamda Belarus örtasida xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi şartnomani imzoladi.
Hujjatni imzolaşdan oldin Putin uşbu kelişuv mudofaa, Rossiya va Belarus suvereniteti, mustaqilligi va konstitutsiyaviy tuzumini himoya qiliş, Ittifoq davlati hududi va taşqi çegarasi yaxlitligi hamda daxlsizligini ta’minlaş böyiça özaro majburiyatlarni belgilab berişini aytdi.
Putinning sözlariga köra, bu muammolarni hal qiliş uçun «mavjud barça kuç va vositalar» jalb etilişi mumkin. «Gap xususan, Belarus prezidentining taklifiga köra respublika hududiga joylaştirilgan Rossiyaning taktik yadroviy quroli haqida ham ketmoqda», — deya qöşimça qiladi u.
Lukaşenko, şuningdek, şartnoma har ikki davlat fuqarolari uçun ham tinç hayot kafolatini şakllantiriş imkonini berişini ta’kidladi.
Şartnomani imzolaş marosimi Minskda taşkil etilgan Ittifoq davlati Oliy davlat kengaşi majlisidan keyin ötkazildi. Vladimir Putin 6 dekabr kuni Belarus poytaxtiga taşrif buyurgan. Majslis avvalida Belarus Xavfsizlik kengaşi davlat kotibi Aleksandr Volfoviç endi Aleksandr Lukaşenkoda ham xuddi Vladimir Putindagi kabi «qizil tugma» borligini ma’lum qilgandi.
Noyabr oyida Putin Rossiya yadroviy doktrinasini tasdiqlagan edi. Köp ötmay AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiya hududiga uzoq masofaga möljallangan ATACMS raketalari yordamida zarba yöllaşga ruxsat berdi.
Yangilangan doktrinaga köra, «yadroviy davlat kömagida har qanday yadroviy bölmagan davlat tomonidan Rossiya Federatsiyasi va uning ittifoqçilariga tajovuz qiliş», şuningdek yadroviy bölmagan vositalar, şu jumladan dronlar bilan ommaviy havo hujumi uyuştiriş yadroviy zarba uçun asos böladi.












