Vazirlar Mahkamasining «Uy qamoği ehtiyot çorasi qöllanilgan va ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan şaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom:
- elektron braslet taqilişi belgilangan şaxslarning huquqlari va majburiyatlari;
- elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qiliş tartibini buziş uçun javobgarlik;
- elektron brasletga şikast yetkazilganda yoki yöqotilganda moddiy zararni undiriş tartiblari bilan boğliq munosabatlarni tartibga soladi.
Elektron brasletlar 2025 yil 1 yanvardan boşlab bosqiçma-bosqiç qöllaniladi.
Elektron braslet uy qamoği ehtiyot çorasi qöllanilgan yoki ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan şaxs oyoğiga taqiladi. Şaxs oyoğiga elektron brasletni taqiş imkoniyati mavjud bölmagan hollarda (suyak sinişi, boşqa jarohatlar bilan tibbiy muolaja körsatilgan va boşqalar) qöl qismiga taqilişiga ruxsat etiladi.
Elektron brasletni quyidagi şaxslarga qöllaş mumkin emas:
- 18 yoşga tölmagan şaxslar;
- homilador ayollar;
- 3 yoşga tölmagan bolalari bor ayollar;
- I yoki II guruh nogironligi bölgan şaxslar;
- tibbiy körsatmaga köra elektron brasletni taqiş tavsiya etilmaydigan şaxslar (implant qilingan kardiostimulyator örnatilgan şaxslar, yuqumli teri kasalligi (allergo kontakt dermatit, teri zamburuği yoki qiçima kasalligi) bölgan şaxslar).
Elektron braslet qöllaniladigan şaxslar quyidagilarni:
- elektron brasletni belgilangan vaqt içida quvvatlab borişi;
- elektron brasletni özboşimçalik bilan yeçmasligi;
- elektron brasletga zarar yetkaziş bilan boğliq harakatlarni amalga oşirmasligi şart.








