Berlindagi Ketterer Kunst kimoşdi savdolarida amerikalik taniqli rassom Robert Raymanning kartinasi sotildi. General 52” x 52” nomli kartina oq ramkaga tortilgan oppoq xolstdan iborat.

OAV ma’lumotlariga köra, zamonaviy san’at asari 1,4 million dollarga baholangan. Avvaliga kartina narxi 1,2 million dollar etib belgilangan, ammo uni yanada qimmatroq narxda sotib oladigan xaridor çiqqan. Auksion ğolibining ismi oşkor etilmagan.

Kartina muallifi Robert Rayman General 52” x 52” asarini 1970 yilda yaratgan. Noodatiy eksperimentlari sababli maşhurlikka erişga rassmon kartinani yaratişda metall uçun möljallangan emal böyoğidan foydalangan. Bu turdagi böyoq paxtali xolstlar uçun töğri kelmaydi, çunki u qoplamani juda mört qiladi.

Vaqt ötişi bilan kartina şu qadar nozik bölib qolganidan unga teginiş yoki körgazmaga qöyiş mumkin emas. Aks holda xolst yorilib yoki soçilib ketadi. «Material juda sezgir va nuqsonsiz yuzadagi arzimagan izlar ham uning qiymatini tuşirib yuboradi. Mana, nima uçun biz uni buyurtmaçiga yubormaymiz», — deydi Ketterer Kunst kimoşdi uyi vakili.

Avvalroq bozordagi kapitallaşuvi 17,4 milliard dollar bölgan eng yirik blokçeyn loyihalaridan biri Tron asosçisi Jastin Sun 6,2 million dollarga sotib olgan bananni yeb qöygandi.