11 dekabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida yöllarda harakatlaniş xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Uni Içki işlar vaziri örinbosari Ramazon Aşropov öqib berdi. Uşbu qonun loyihasida transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yölkalaridan, yaşil hudud maydonlaridan harakatlanişining oldini olişga qaratilgan normalar belgilangan.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasi nomi va birinçi dispozitsiyasiga özgartiriş kiritilib, haydovçilarning transport vositalarida trotuar, velosiped va piyodalar yölagida, yaşil maydonlarda harakatlangani uçun javobgarlik belgilanadi. Javobgarlikning qanday bölişi haqida ma’lumot berilmadi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 147-moddasining nomi va birinçi qismi dispozitsiyasiga özgartiriş kiritilib, yöllarda noqonuniy tösiqlar örnatganlik, tösib qöyganlik, yöl harakati iştirokçilariga tösqinlik qiluvçi boşqa qurilmalarni örnatganlik uçun javobgarlik belgilanadi. Javobgarlikning qanday bölişi haqida ma’lumot berilmadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.












