Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyon Seul şarqidagi tergov izolyatorida öz joniga qasd qilişga urindi, deb xabar bergan muassasa rahbari Şin Yon He parlamentdagi eşituv vaqtida.

Amaldor hozirda sobiq vazirning holati xavotirli emasligini aytgan. Uning sözlariga köra, tergov izolyatori xodimlari vaziyatga tezda aralaşgan va Kim Yon Hyon «niyatidan qaytgan».

«Tibbiy tekşiruv natijalari körsatadiki, mahbusning salomatligi holati yaxşi, heç qanday muammo yöq», — deyilgan Janubiy Koreya soğliqni saqlaş vazirligining AFP iqtibos keltirgan bayonotida.

Hodisa seşanba kuni keçqurun, Seulda sud sobiq vazirni isyon taşkilotçiligiga aloqadorlikda ayblab, hisbga oliş uçun rasman hukm çiqarişi arafasida röy bergan.

Tergov ma’lumotiga köra, Kim Yong Hyon Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga mamlakatda harbiy holat e’lon qilib, Milliy yiğiliş (parlament) binosiga harbiylarni joylaştirişga buyruq berişni maslahat qilgan.

Yun Sok Yol 3 dekabr kuni keçqurun harbiy holat e’lon qilgandi. Parlament esa bu qarorga qarşi ovoz berdi, şundan keyin prezident öz qarorini bekor qilişga majbur böldi. Şundan keyin mudofaa vaziri iste’foga çiqib, unga qarşi tergov işlari boşlandi.

Prezidentning öziga qarşi ham iş körilmoqda, unga mamlakatni tark etiş taqiqlangan. Çorşanba kuni politsiya uning ofisiga tintuv ötkaziş uçun kelgan.

Parlament prezident Yun Suk Yolni harbiy holat e’lon qilişdagi iştiroki uçun «zudlik bilan» hibsga olişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ma’qulladi. Rezolyutsiya 190 ovoz bilan qabul qilindi, 95 deputat unga qarşi ovoz berdi. Qonun loyihasi harbiy holat e’lon qilişga aloqador 8 kişini hibsga olişni közda tutadi. Ular orasida prezident Yun Suk Yol, sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyon va sobiq içki işlar vaziri Li San Min bor.

Yakşanba kuni qölga olingan Kim Yong Hyon seşanba kuni advokatlari orqali uzr söradi: «Bu vaziyat uçun barça javobgarlik faqat mening zimmamda».

U janubiy koreliklardan uzr söragan va uning qöli ostidagilar «buyruqqa böysunib, öziga yuklangan vazifani bajargani»ni aytgan.

Janubiy Koreya politsiyasi prezident ofisidan taşqari Seul politsiyasi va parlament binosini qöriqlaşga mas’ul bölgan bölinma idoralarida ham tintuv ötkazgan.

Yonhap ma’lumotiga köra, tintuv vaqtida prezident bu yerda bölmagan, ammo uning nomi tintuv ötkaziş uçun berilgan orderda gumonlanuvçilar qatorida keltirilgan.

BBC’ning Seuldagi muxbiri Jyeyk Kvong xabar berişiça, prezident xavfsizlik xizmati tintuv haqida oldindan ogohlantirilmagan.

Ayni vaqtda uning harakatlarini politsiya, prokurorlar va korrupsiyaga qarşi idoralar xodimlari tergov qilmoqda. Tergovçilar agar davlat töntarişga urinişga aloqadorligiga yetarli dalil paydo bölsa, u hibsga olinişini aytişgan.

Mamlakatda hozirda — siyosiy xaos yuzaga kelgan, deya qayd etadi BBC muxbiri. Xususan, ayni vaqtda prezident qanday vakolatlarga egaligi noaniq — parlament unga impiçment e’lon qilişga urindi, ammo buning uçun yetarli ovoz töplay olmadi.

Şanba kuni tongda impiçment böyiça navbatdagi ovoz beriş jarayoni bölib ötişi rejalaştirilgan.

Namoyişçilar hamon Yunning iste’fosini talab qilib, köçalarga çiqişmoqda.

Çorşanba kuni Şimoliy Koreya tomoni Janubiy Koreya prezidentining harbiy holat etiş böyiça muvaffaqiyatsiz urinişi yuzasidan oşkora munosabat bildirdi.

«Nodon sinmun» gazetasining oltinçi sahifasida e’lon qilingan maqolada Yunning «aqlsizlarça harakati bir neça ön yil oldingi harbiy diktatura davridagi davlat töntarişiga öxşaş holat» ekani aytilgan.