Investbank mutaxassisi Yevgeniy Koganning ta’kidlaşiça, rublning qadrsizlanişiga AQŞning Rossiya neft eksportiga Eron darajasida çeklovlar qöyişga tayyorgarlik körayotgani sabab bölgan bölişi mumkin. Bloomberg manbalariga köra, neft tanqisligi yöqligi sababli, bunday çoralar amalga oşirilişi ehtimoli yuqori.

Reuters agentligiga köra, rubl bozoridagi talofatlar Rossiyani tark etayotgan çet el kompaniyalari valutaga talabining ortişi bilan boğliq bölişi mumkin. Ammo buning ortida aniq kimlar turgani ham ma’lum emas.

Noyabr oxirida rubl 2022 yil martidan buyon minimal darajagaça tuşib, dollar kursi 114 rubldan, yevro esa 120 rubldan oşgan edi. Dekabr boşida rubl özining yöqotişlarini qisman tikladi, ammo bozordagi tebranişlar hali ham yakunlanmagan.

Private Banking rahbari Yegor Susinning fikriça, bozorda likvidlik yetişmasligi va çet el valutasining kirib kelişi çeklangani sababli, hatto talab va taklif balansidagi kiçik özgarişlar ham katta kurs siljişlariga olib kelmoqda.

«Ivolga Kapital» boş tahlilçisi Mark Saviçenko esa hukumatning kursni nazorat qiliş mexanizmlari juda ozayganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, asosiy foiz stavkasi yuqori bölişiga qaramay, uning rubl kursini barqarorlaştirişdagi samaradorligi pasaygan.

Uruşdan oldin dollar 70-80 rubl, yuan esa 11-12 rublga, ya’ni örtaça 30 foizga arzon bölgan. Saviçenko rublning qadrsizlanişini Rossiya iqtisodiyoti va moliya tizimining sönggi uç yildagi tizimli tanazzulining belgisi deb hisoblaydi.