Mers, şuningdek, Yevropaning AQŞ bilan birgalikda Ukrainadagi mojaroni hal qiliş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan.
Hozir kansler Olaf Şols rahbarligidagi Germaniya Ukrainaga jami 15,7 mlrd yevro, jumladan, 11 mlrd yevrolik harbiy yordam körsatgan. Ammo Şols «Taurus» raketalarini berişdan voz keçgan, çunki u bunday harakat mojaroning yanada avj olişiga olib kelişi mumkinligidan qörqadi. Mers esa bu pozitsiyani özgartirişga tayyor.
Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda Mers Rossiya hududidagi harbiy obektlarga zarba beriş böyiça qat’iyroq strategiyani amalga oşirişga va’da berdi. Uning sözlariga köra, Ukraina armiyasiga faqat harbiy bazalarga zarba beriş imkoniyatini yaratiş lozim. Biroq zarbalar tinç aholi obektlari va infratuzilmalariga berilmasligi kerak.

«Taurus» raketalarini Ukrainaga yetkazib beriş tört oylik öquvni talab qiladi. Bu jarayon AQŞ prezidenti Donald Tramp lavozimga kirişgandan keyin yakunlanişi mumkin. Mersning ta’kidlaşiça, AQŞ va Yevropaning hamkorligi Ukraina armiyasining Rossiyaning içkarisidagi harbiy obektlariga zarba beriş imkoniyatini yaratişi mumkin.
Ayni paytda Şolsning hukumat koalitsiyasi barqarorligini yöqotgan, Bundestagda işonçsizlik votumi ovozga qöyilişi kutilmoqda. Sönggi sörov natijalariga köra, Mers boşçiligidagi XDI/XSI koalitsiyasi yetakçilik qilmoqda (31 foiz), ultraöng «Germaniya uçun muqobil» partiyasi ikkinçi örinda (18 foiz), Şolsning Sotsial-demokratik partiyasi esa uçinçi örinda (17 foiz).













