"Respublikada "Özbekiston-2030" strategiyasida belgilangan maqsadlarga – eksportdagi xususiy sektor uluşini 60 foizga oşirişga qat’iy amal qilgan holda eksport tizimli ravişda qöllab-quvvatlanmoqda",– deb yozilgan maqolada.

Naşrda 2017-2023 yillarda Özbekistonning umumiy eksporti 120 milliard AQŞ dollarini taşkil etgani xabar qilingan. Birgina 2023 yilda eksport 24 milliard dollarga yetdi, bu 2017 yilga nisbatan 64 foizga ösdi.

"Oxirgi olti yilda Özbekiston eksport yetkazib beriş geografiyasini yana 33 ta yangi davlatni qamrab olgan holda kengaytirib, umumiy taşqi bozorlar sonini 115 taga yetkazdi. Bugungi kunda Özbekiston mahsulotlari Peru, Panama, Meksika, Dominikan, Argentina va Albaniya, Serbiya, Finlyandiya, Lyuksemburg va boşqa mamlakatlar bozorlariga birinçi marta kirdi", – deyiladi materialda.

Portalda, şuningdek, sönggi yillarda eksportni qöllab-quvvatlaş milliy tizimi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etişga alohida e’tibor qaratilayotgani bildiriladi.

"Masalan, ötgan yili 3 mingga yaqin mahalliy korxona eksport faoliyatiga qöşildi. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida 2 ming 450 ta korxona ilk bor taşqi bozorga çiqib, jami 1 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi", – deya qayd etilgan.

The European Geopolitical Forum portalida joylaştirilgan maqola: "Umuman olganda, Özbekistonda eksportni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan joriy islohotlar 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyada belgilangan maqsadlarga erişişga işonç bilan yöl oçmoqda", – degan sözlar bilan yakunlangan.