Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasining Ukrainaga navbatdagi hujumidan söng Ğarbni çora körişga çaqirdi. «Rossiya har safar mamlakatimizga yangi hujumlar uyuştirganida, bu obektiv zaruratni ta’kidlaydi: Putinga muvaffaqiyat qozonmasligini körsatadigan qadamlar», — dedi u 13 dekabr, juma kuni ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilgan videomurojaatida.

Zelenskiyning sözlariga köra, Vladimir Putin uruşni tugatiş yöllarini izlaş örniga raketalardan foydalanişda davom etmoqda. «Biroq, bizning hamkorlarimiz Moskvada bunday şaxslarning barqarorligini qanday ta’minlaş haqida öylamasliklari kerak, aksinça, özlari va butun dunyo uçun barqarorlikni ta’minlaşga e’tibor qaratişlari kerak», — dedi Ukraina prezidenti.

13 dekabrda Rossiya qöşinlarining Ukrainaga hujumi

13 dekabr kuni erta tongda Rossiya armiyasi 94 ta raketa va 200 ga yaqin dron yordamida Ukrainaga yirik hujum uyuştirdi. Butun mamlakat böylab havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilindi.

Volodimir Zelenskiy Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini ortiqça yuklamoqçi bölganini va hujum sovuq havoga töğri kelganini aytdi. «Har bir raketa energetika infratuzilmasiga qaratilgan edi, biroq himoyaçilarimizning aniqligi va havo hujumidan mudofaa tizimlarimizning işonçliligi tufayli köplab insonlarning hayoti saqlab qolindi», — dedi Ukraina rahbari.