Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib beriş va ularni sotuvga çiqarilişi yuzasidan Avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) ötkazilgan nazorat tadbirlarida qonunbuzarliklar aniqlangan.

Qayd qilinişiça, Andijon viloyatidagi 5 ta AYoQŞ tomonidan birja savdolarida xarid qilingan AI-80 markali avtobenzin heç qanday sabablarsiz sotuvga çiqarmasdan saqlab turilgan, hamda faoliyat körsatmayotgan şoxobçalarga yönaltirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yöl qöygan uşbu «zapravka»larning birja savdolarida iştirok etişi vaqtinça töxtatilgan.