DW naşrining dpa agentligiga tayanib xabar berişiça, Germaniyada «yonilği çegirmasi» - Tankrabatt 1-oktabrga ötar keçasi kuçga kirgan.
Tankkönig portali maʼlumotlariga köra, 30-sentabr soat 23:41 dan 1-oktabr soat 00:41 gaça benzinning mamlakat böyiça örtaça narxi litriga 10–11 sentga kamaygan. 1-oktabr ertalab ham avvalgi haftalardagi narxlarga nisbatan deyarli şunday farq saqlanib qolgan.
Germaniya avtomobil klubi - ADAC maʼlumotlariga köra, köplab yonilği quyiş şoxobçalarida eng arzon benzin turi - Super-E10 narxi litriga 2 yevrodan pastlagan.
Biroq hududlar örtasida farq bor. Myunxen, Ştutgart va Leypsigda bunday narx juda köp şoxobçalarda, Berlinda esa köplab şoxobçalarda qayd etilgan. Gamburgda benzinni 2 yevrodan arzonga faqat ayrim şoxobçalardan topiş mumkin bölgan.
Kyolnda esa 1-oktabr ertalab holatiga benzin narxi 2 yevrodan tuşgan birorta şoxobça qayd etilmagan. Şunga qaramay, Tankkönig kuzatuvlarida mamlakat böyiça örtaça narx 2 yevrodan sezilarli past bölgan.
Çegirma qanday işlaydi?
Litriga 16,7 sentlik soliq yengilligi 1-oktabr soat 00:00 dan boşlab omborlar va neftni qayta işlaş zavodlaridan çiqarilgan benzin hamda dizel yonilğisiga tatbiq etiladi.
Biroq bu çakana narxlar aynan 16,7 sentga pasayişi kafolatlanganini anglatmaydi. Yonilği quyiş şoxobçalari narxni töğridan töğri şunçaga tuşirişga majbur emas.
«Bu çegirma isteʼmolçilarga töliq hajmda yetib boradimi-yöqmi, yaqin kunlarda maʼlum böladi», - deya qayd etgan dpa.
Hukumat mazkur çorani benzin va dizel narxlarining keskin oşişiga javoban qabul qilgan. Agentlikka köra, sentabr yonilği narxlari böyiça boşqa oylardan ança qimmat bölgan va bu umumiy inflyatsiya darajasiga ham taʼsir körsatgan.
Soliq imtiyozlari bahslarga sabab bölmoqda
Hukumat çorasini tanqid qilayotganlar çegirmaning amaldagi aniq hajmini hisoblaş qiyinligini aytmoqda. Ularning fikriça, bunday yengilliklar avtomobil egalarining yonilğini tejaşga qiziqişini pasaytiradi, soliq kamayişidan keladigan foyda esa isteʼmolçilarga töliq yetib bormaydi.













