Rossiya Mudofaa vazirligining Havo-kosmik kuçlari (HKK) Damaşqdagi Rossiya xorijiy vakolatxonasi xodimlarining bir qismini maxsus reys bilan olib çiqib ketdi. Bu haqda 15 dekabr, yakşanba kuni Telegramʼda Rossiya TIVning Vaziyatlar va inqirozlar markazi departamenti ma’lum qildi.
Parvoz 15 dekabr kuni Xmeymim aviabazasidan Moskva oblastidagi Çkalovskiy aerodromiga amalga oşirilgan. Vaziyatlar va inqirozlar markazi departamenti ma’lumotlariga köra, Belarus, Şimoliy Koreya va özini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya Respublikasining «diplomatik vakolatxonalari xodimlari» ham evakuatsiya qilingan.
«Rossiyaning Damaşqdagi elçixonasi işi davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Rossiya Suriyaga buğdoy eksportini töxtatdi
Prezident Başar Asad hokimiyatdan ağdarilganidan keyin Rossiya Suriyaga buğdoy yetkazib berişni töxtatdi. 13 dekabr kuni Reuters agentligi Rossiya va Suriya manbalariga tayanib, rossiyalik eksportyorlar yangi hukumatga oid noaniqlik va tölovlar keçikişi mumkinligidan xavotirda ekanini yozdi.
«Öylaymanki, hozirgi şaroitda heç kim Suriyaga buğdoy yetkazib berişga jur’at eta olmaydi», dedi Reuters agentligiga rossiyalik manba.

















