Irlandiyaning ma’lumotlar himoya qiliş komissiyasi Facebook ijtimoiy tarmoğidan ma’lumotlar sizib çiqib ketgani uçun Meta kompaniyasini 251 million yevro jarimaga tortdi.
Regulyator xabarida qayd etilişiça, gap 2018 yil sentabrda yuz bergan holat töğrisida ketmoqda. Öşanda hakerlar hujumi natijasida Facebookʼning 29 millionga yaqin foydalanuvçisining, jumladan, Yevropa Ittifoqidagi 3 million foydalanuvçining şaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan.
Yevropa Ittifoqining 27 davlati böylab örnatilgan qat’iy maxfiylik rejimiga köra, Irlandiya regulyatori Meta’ning maxfiylik siyosatini tartibga soluvçi asosiy organ hisoblanadi, çunki kompaniyaning mintaqaviy ştab-kvartirasi Dublinda joylaşgan.
Kompaniya çiqarilgan jarima qarori yuzasidan apellyatsiya kiritişini ma’lum qildi. «Uşbu qaror 2018 yilgi voqeaga boğliq. Biz muammo aniqlangan zahoti uni bartaraf etiş çoralarini körganmiz», — deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib ötamiz, oktyabr oxirlarida Irlandiyaning ma’lumotlar himoya qiliş komissiyasi foydalanuvçilarga tegişli şaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy ravişda qayta işlagan LinkedIn ijtimoiy tarmoğini 310 million yevro miqdorida jarimaga tortgandi.












