Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) Fransiya va Belgiya sudlariga Apple korporatsiyasi ustidan da’volar kiritdi, deb xabar beradi Reuters. Afrika davlati hukumati kompaniyani Kongoda noqonuniy yöllar bilan qazib olinayotgan minerallardan foydalanişda ayblamoqda.

KDR — kompyuter va mobil qurilmalarda foydalaniladigan qalay, tantal hamda volframning yirik eksportçisi hisoblanadi. Ammo mamlakatda jinoiy tödalar va qurollangan noqonuniy guruhlar nazorati ostida işlovçi şaxtalar mavjud. BMT va inson huquqlari taşkilotlari ma’lumotlariga köra, bunday şaxtalarda majburiy mehnatdan foydalaniladi, guruhlar esa fuqarolarni ommaviy ravişda öldiriş, zörlaş, marodyorlik va boşqa jinoyatlarda ayblanadi.

KDR hukumatining da’volarida ta’kidlanişiça, Apple öz qurilmalarida respublika hududidagi noqonuniy şaxtalardan qazib olingan, keyin xalqaro yetkazib beriş zanjirlari orqali «yuvilgan» minerallardan foydalanib keladi. Şu bois da’voda keltirilişiça, Amerika kompaniyasini jinoyatçilarga şerik hisoblaş lozim.

Apple AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasiga taqdim etgan 2023 yilgi hisobotida minerallar hamda oltinni yetkazib beruvçilarning birortasi Kongo yoki unga qöşni davlatlardagi qurolli guruhlarni moliyalaştirmasligini ma’lum qilgandi.

Kongo Demokratik Respublikasi Fransiya va Belgiya regulyatorlari korporativ hisobotga qattiq turgani bois aynan uşbu davlatlarning sudlariga da’volar kiritişga qaror qilgan.