Farğona viloyatida faoliyat körsatayotgan barça turdagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarining belgilangan norma va me’yorlarga muvofiqligi holati örganib çiqiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegişli farmoyişi qabul qilindi.

Qayd qilinişiça, baxtsiz va noxuş hodisalarning oldini oliş, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida «Özdavneftgazinspeksiya» Farğona hududiy bölimi, viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, «Hududgaz Farğona» gaz ta’minoti filiali kabi mas’ul taşkilotlar xodimlaridan iborat işçi guruhi tuzilgan.

Mazkur işçi guruh tomonidan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyiş stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalarining (AYoQS) sanoat, yonğin, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilği saqlaş rezervuarlarining holati va boşqa qonunçilikdagi me’yorlar örganiladi. Ta’kidlanişiça, örganişlar çoğida ularning moliyaviy işlariga aralaşilmaydi hamda şoxobçalar odatdagi iş tartibi böyiça faoliyat körsatadi.

Şuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, taşkiliy huquqiy şaklidan qat’i nazar, avtomobillarga yoqilği quyiş, siqilgan va suyultirilgan gaz töldiriş şoxobçalarida işlovçi işçi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qoşidagi öquv markazida dastur asosida şartli ravişda öqitilişi ta’minlanadi.

Avvalroq, Farğona şahri markazidagi benzin va gaz quyiş şoxobçasida röy bergan portlaş va yonğin oqibatida bir neça kişi vafot etgan, holat yuzasidan jinoyat işi oçilgan edi.