Çortoq tumanidagi 8-umumta’lim maktabi direktori öz xizmat xonasida qimor öyini taşkil qilgan. Bu haqda Namangan viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 17 dekabr kuni Çortoq tumani IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan reydda maktab direktori öz xizmat xonasida şeriklari bilan qimor öynab ötirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Içki mehnat tartib qoidalarini qöpol ravişda buzgani uçun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat şartnomasi iş beruvçi taşabbusiga köra bir tomonlama bekor qilingan.
Şuningdek, viloyat va tuman mas’ullari iştirokida maktabda muhokama yiğilişi ötkazilib, direktor tomonidan sodir etilgan holat tanqid ostiga olingan.
Oldinroq Samarqandda maktabda qarta öynagan direktor işdan olingandi.







