Meksikada savdo va xizmat körsatiş sohasidagi xodimlarga iş joyida ötiriş huquqini beruvçi yangi qonun qabul qilindi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilişiça, endi kassirlar, sotuvçilar va xizmat körsatiş sohasidagi boşqa xodimlar suyaniş mumkin bölgan stuldan foydalanişi yoki smena vaqtida muntazam tanaffusga çiqişi mumkin.

Qonun iş beruvçiga olti oy muddatda iş zonalarini stullar bilan jihozlaş majburiyatini yuklaydi. Agar iş turi xodimga ötiriş imkonini bermasa, kompaniyalar iş jadvaliga majburiy tanaffuslarni kiritişi kerak. 

Mazkur talabni buzganlar 13 ming yevrogaça jarimaga tortiladi, qonunbuzarlik qayta takrorlansa, inspeksiya tomonidan qöşimça nazorat ötkaziladi. 

Yangi qonunni ilgari surgan deputatlardan biri Patrisiya Merkadoning ta’kidlaşiça, «heç kim butun iş kuni davomida tik oyoqda turmasligi kerak». Statistikaga köra, meksikalik işçilarining deyarli yarmi öz smenalarini tik oyoqda ötkazadi, ayrimlarida esa tanaffus oliş imkoniyati ham yöq.