Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytişiça, Kiyev mustaqil ravişda yadro qurolini yaratişga qodir emas.
«Kiyev rejimi bir neça hafta içida öz-özidan yadro qurolini yarata olmaydi. Bu fakt, nuqta», dedi diplomat haftalik brifingda.
Zaxarovaning sözlariga köra, yagona imkoniyat, agar Kiyev «bu iş uçun muhim tarkibiy qismlarni taşqaridan, boşqa davlatlardan olsa» böladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili, şuningdek, OAVda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainaga harbiy xizmatçilar yuborilişi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Biz Ukrainaga xorijiy kontingentlarni yuboriş masalasidagi har qanday gap provokatsion ekanligidan kelib çiqamiz. Bu provokatsiyalarning maqsadlari boşqaça bölişi mumkin, lekin şaklan, albatta, va mohiyatiga köra, bu provokatsiyadir. Menimça, bu safar maqsad Ukraina inqirozi atrofidagi vaziyatni keskinlaştiriş istagidir», — dedi diplomat.
Zaxarova Moldovadagi energiya inqirozi bilan boğliq mavzuga ham töxtaldi.
«(Moldova prezidenti Mayya) Sandu rejimi mamlakatdagi energetika inqirozidan Dnestrböyi muammosini kuç bilan hal qiliş uçun foydalanmoqçi. Ular Rossiyaga gaz ta’minotini töxtatiş uçun mas’uliyatni yuklayapti va Dnestrböyida Moldaviya davlat elektr stansiyasini kuç bilan tortib oliş variantini körib çiqmoqda. Bu haqda SVR (Rossiya taşqi razvedka xizmati) batafsil ma’lumot berdi», — dedi diplomat.
RF TIV Ukrainada tinçlik örnatişga çaqirgan GFR elçisini tanqid qildi
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Germaniyaning Moskvadagi elçisi Aleksander Lambsdorffning Ukrainada tinçlik örnatişga çaqirgan bayonotini tanqid qildi. Tegişli yozuvni 15 dekabr kuni Telegramʼda idora vakili Mariya Zaxarova qoldirgan.
Moskva Germaniyani Ukrainadagi «mojaroning faol kuçlaridan biri» deb atadi. Zaxarovaning sözlariga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Rojdestvo sulhini rad etdi» — «Rossiya bir neça bor Kiyevga olib ketişni taklif qilgan ukrainalik harbiy asirlarni ham bir neça bor rad etganidek».
«Tinçlik muzokaralari Ukraina tomonidan Buyuk Britaniya va AQŞ bosimi ostida tösib qöyildi», dedi Zaxarova. «Ölim uçun töğridan töğri mas’uliyat kollektiv Ğarb zimmasiga yuklanadi, u qurol-yaroğ bilan qon tökilişini davom ettirişni rağbatlantiryapti», — dedi u.












