Ukrainaning uzoq masofali uçuvçisiz uçiş apparatlari nişongaça 2 ming kilometr masofani bosib öta oladi, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusov 28 dekabr, şanba kuni "Novini.LIVE" telekanaliga.
Uning sözlariga köra, Rossiya hududida Ukraina çegarasidan ança uzoqda sodir bölayotgan portlaşlar şunçaki yuz bermayapti, biroq aksariyat hollarda Kiyev ularga aloqadorligini tasdiqlamaydi va inkor etmaydi. Yusovning ta’kidlaşiça, Rossiya hududiga barça hujumlar faqat armiya bilan boğliq harbiy obektlar yoki uni moliyalaştiriş, moddiy-texnik ta’minot yoki mudofaa infratuzilmasiga qarşi amalga oşiriladi.
Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi içidagi nişonlarga qarşi dronlardan foydalanişi bilan boğliq şov-şuvli holatlar orasida 2024 yil noyabr oyi boşida Doğistonning Kaspiysk şahrida Ukraina çegarasidan taxminan 1500 kilometr uzoqlikdagi harbiy nişonlarga berilgan zarba ham bor. Yana bir şunga öxşaş hujum may oyining boşida Orenburg oblasti Orsk şahridagi «Voronej M» uzoq masofali nişonni aniqlaş stansiyasiga qarşi amalga oşirilgan. Öşanda dron 1800 kilometr masofani bosib ötdi.
UQK dronlari Rostov oblastidagi Millerovoga hujum qildi
Ukraina uçuvçisiz uçoqlari 23 dekabr kuni harbiy aerodrom joylaşgan Rostov oblastining Millerovo şahriga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi Yuriy Slyusar va Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mintaqa rahbari vazifasini bajaruvçining sözlariga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Millerovo hududida sakkizta Ukraina UUAni urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Mudofaa vazirligi, öz navbatida, Rostov oblastida töqqizta uçuvçisiz uçoq urib tuşirilganini ma’lum qildi.
Yuriy Slyusarning ta’kidlaşiça, «tezkor ma’lumotlarga köra», hodisa natijasida heç kim jabrlanmagan.













