Çernogoriya adliya vaziri Boyan Bojoviç kriptomagnat Do Kvonni AQŞga ekstraditsiya qiliş böyiça qarorga imzo çekdi. Uşbu qaror kriptovaluta sohasidagi ziddiyatli şaxslardan biri iştirokidagi yuridik mojaroga nihoyat nuqta qöymoqda.
Qayd etilişiça, vazirning qarori Kvon tomonidan Çernogoriya Oliy sudi qarori ustidan Konstitutsiyaviy sudga kiritgan şikoyati rad etilganidan söng qabul qilingan. Sentyabr oyida oliy sud instansiyasi Terra asosçisini Janubiy Koreyaga topşiriş imkoniyatini bekor qilib, yakuniy qarorni qabul qiliş vakolatini Adliya vazirligiga topşirgan edi.
Vazirlikning rasmiy bayonotida qayd etilişiça, qaror qabul qilişda barça holatlar, jumladan, jinoyatning oğirlik darajasi, u sodir etilgan joy, ekstraditsiya uçun sörovlarning berilişi, Kvonning fuqaroligi va uni boşqa mamlakatga topşiriş imkoniyatlari inobatga olingan.
33 yoşli Kvonning Terraforms Labs kompaniyasi Terra USD (UST) steyblkoinini işlab çiqqan bölib, u Terra tokeni (LUNA) bilan özining algoritm va operatsiyalar tizimi orqali dollar kursiga boğliqligini saqlab turişi kerak edi. 2022 yil mayda tizim işdan çiqdi, bu vaqtda UST va LUNA tokenlarining umumiy kapitalizatsiyasi 60 milliard dollardan oşgandi. Investorlar zudlik bilan öz mablağlarini çiqarib olişga urinişi natijasida ikkala token narxlari quladi. Do Kvon loyihasining barbod bölişi şu qadar keng kölamli ediki, u global kriptovaluta bozoriga ham ta’sir körsatdi.
Köp ötmay Janubiy Koreya Kvonni firibgarlik va bozorni manipulyatsiya qilişda ayblab, hibsga olişga order berdi. U öz aybiga iqror bölmadi va mamlakatdan qoçib ketdi. Butun dunyo böylab investorlar milliardlab dollarlaridan ayrildi va Kvon Janubiy Koreya, AQŞ hamda Interpol tomonidan qidiruvga berildi.
Ötgan yilning martida Do Kvon Çernogoriyada soxta hujjatlardan foydalangani uçun qölga olindi. Joriy yil mart oyida esa qamoqdan ozod etilgaç, u AQŞ yoki Janubiy Koreyaga ekstraditsiya qilinadigan böldi.
Ekstraditsiya oid iş Çernogoriyada siyosiy mojaroni keltirib çiqardi: sobiq adliya vaziri Andrey Miloviç boş vazir Miloyko Spaiçni Kvon bilan moliyaviy aloqalari tufayli Janubiy Koreyaga ekstraditsiya qiliş uçun lobbiçilik qilişda aybladi.
Kriptotadbirkorning advokatlari uni Janubiy Koreyaga ekstraditsiya qilişni söradi — uşbu mamlakatda bu turdagi moliyaviy jinoyatlar uçun 30-40 yil qamoq jazosi belgilangan. AQŞda esa sud isbotlangan har bir jinoyat uçun alohida jazo tayinlaşi va yakunda ularning umumiy muddati bir neça barobarga oşib ketişi mumkin.












