Holat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Toşkent şahar IIBB hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida aniqlangan.
Xabarga köra, poytaxtdagi davlat oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil oladigan fuqaro 2025-yil dekabridan 2026-yil oktabrigaça Bitget kriptobirjasida litsenziyasiz faoliyat yuritgan.
Keltirilgan 64 715 USDT uning oldi-sotdi operatsiyalari hajmi bölib, xabarda bu mablağ daromad yoki foyda sifatida körsatilmagan.
Şuningdek, u Telegram orqali 140 ta xorijiy davlatning virtual telefon raqamlarini sotiş bilan ham şuğullangani aytilgan. Uning kriptohamyonida 450 USDT borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

















