Ukraina Davlat tergov byurosi xodimlari Ukraina qurolli kuçlarining 211-ponton-köprik brigadasi komandiri, polkovnik Oleg Poberejnyukni Ternopilda qölga olib, Kiyevga olib kelişdi. «Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» naşrlari xabariga köra, bir kun oldin uning uyida tintuv ötkazilgan.

Poberejnyukka Ukraina JK 426-moddasi, 4-qismi (harbiy amaldorning harbiy holat şaroitidagi harakatsizligi) böyiça gumonlanayotgani haqida xabar berişgan. Bu modda böyiça ayblanuvçilar yetti yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Tergov ma’lumotiga köra, brigada komandiri 2024 yil fevralidan iyuliga qadar bölgan muddatda öz qöli ostidagi ofitser tomonidan oddiy askarlarga nisbatan sodir etilgan qiynoq va noinsoniy munosabat böyiça köplab faktlardan xabardor bölgan, ammo bunga munosabat bildirmagan va ofitserni javobgarlikka tortiş böyiça taşabbus körsatmagan.

«Mavjud ma’lumotlarga köra, qöl ostidagi harbiy xizmatçilarni kaltaklagan va qiynoqqa solgan katta leytenant körsatilgan harbiy qism ştabi boşliği, brigada komandirining yaqin döstining öğli hisoblangan», — deyiladi Davlat tergov byurosi press-relizida.

Dekabr oyi örtalarida «Ukrainskaya pravda» naşri 211-ponton-köprik brigadasida qömondonlik tomonidan sodir etilgan köplab qonunbuzarliklar, qarindoş-uruğçilik, tovlamaçilik, pul undiriş, kaltaklaş va harbiy xizmatçilarni tahqirlaş holatlari foş etilgan suriştiruv e’lon qilgandi. Bu brigada muhandislik işlarini bajarişga (ponton keçuvlar quriş, mudofaa pozitsiyalarini jihozlaş) ixtisoslaşgan va oldingi çiziqdagi harbiy harakatlarda iştirok etmagan.

Suriştiruvdagi asosiy figurantlar Oleg Poberejnyuk, va birinçi batalyon vzvodi komandiri, katta leytenant Vladislav Pastux edi — u brigada ştabi boşliği, brigada komandirining yaqin dösti podpolkovnik Valeriy Pastuxning öğli bölgan. Jurnalistlarning ma’lumotiga köra, Pastux muntazam ravişda jangçilarni piyodalar bölinmasiga ötkaziş bilan tahdid qilib, ulardan pul undirgan va jismoniy kuç işlatgan. Masalan, u alkogol iste’mol qilgan va bu holat böyiça protokol tuzilmasligi uçun pul tölaşdan boş tortgan harbiy xizmatçini kaltaklagan. Vladislav Pastux askarlardan birini yoğoçdan yasalgan xoçga boğlab qöyib, uning fonida suratga tuşgan.

Pastux qöl ostidagilarni tahqirlaşda gumonlanayotgani töğrisida xabar topgaç, huquq-tartibot organlaridan yaşiringan.

Poberejnyukka esa politsiya oldinroq mansab vakolatini suiiste’mol qilişda gumonlanayotgani töğrisida ma’lum qilgandi. «Ukrainskaya pravda» suriştiruvida polkovnik tört nafar harbiyni Xmelnitskaya oblastidagi öz uyida quriliş işlariga jalb etgani aytilgan, holbuki hujjat böyiça ular Xerson oblastidagi «Katran» dengiz piyodalar bölinmasi tarkibida front çiziğiga komandirovkaga yuborilgan hamda oşirilgan miqdorda tölovlar olgan.

19 dekabr kuni sud Poberejnyukni uşbu ayblov böyiça hibsga olgan, ammo keyingi kuni brigada komandiri 908 400 grivna miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka çiqqan.

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi jurnalistlar materialida keltirilgan harbiy xizmatçilarni tahqirlaş faktlari tekşirilişini ma’lum qilgan. Tekşiruv vaqtida harbiy qism komandiri xizmat vazifasidan çetlatilgan. Ukraina mudofaa vazirligi va Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitro Lubinets ham xizmat tekşiruvi ötkazişini ma’lum qilgan.