Texnologiya giganti özining virtual yordamçisi Siri orqali mijozlarning suhbatlarini tinglaganlikda ayblangan edi, deb yozdi BBC. Da’vogarlar, şuningdek, ovozli yozuvlar reklama beruvçilar bilan «baham körilganini» da’vo qilmoqda. Öz navbatida reklama beruvçilar suhbatlardagi sözlardan kontekst reklama maqsadida foydalangan.
Asosiy da’vogar Fumiko Lopes sözlariga köra, kompaniya uning qizi bilan bölgan suhbatni maxfiy yozib olgan. Suhbatda ba’zi mahsulotlar, jumladan Air Jordans krossovkalari tilga olingan. Şundan söng, ularga şu mazmundagi reklamalar körsatilgan.
Apple barça ayblovlarni rad qilmoqda. Şunday bölsa-da, kompaniya da’vogarlar bilan kelişib olişni ma’qul körgan. Çunki, ehtimoliy sud jarayoni bundan ança katta tölovga olib kelişi mumkin.
Sud hujjatlariga köra, endi Qöşma Ştatlarda yaşagan har bir da’vogar 2014 va 2019 yillar oraliğida egalik qilgan va Siri yordamçisi bölgan har bir qurilma uçun 20 dollargaça olişi mumkin. Bunday holda, advokatlar umumiy tölovning 30 foizini oladi, bu 30 million dollardan ozroqdir.
Apple kompaniyasining 2024 yil 28 sentabrgaça bölgan uç oylik daromadi 94,9 milliard dollarni taşkil etgan.
Apple sönggi yillarda bir neçta sud jarayonlariga duç keldi.
2024 yil yanvar oyida kompaniya AQŞ hududida iPhone smartfonlarini qasddan sekinlaştirgani uçun 500 million dollarlik da’vo pulini tölaşni boşladi.
Mart oyida kompaniya Buyuk Britaniyaning Norfolk okrugi kengaşi tomonidan olib borilgan umumiy da’vo böyiça 490 million dollar tölaşga rozi böldi.
Noyabr oyida esa Britaniyaning iste’molçilarni himoya qiliş taşkiloti Apple özining iCloud xizmati orqali mijozlarni aldaganlikda ayblab, jamoaviy da’vo qözğatdi.












