Volodimir Zelenskiy keng kölamli uruşning ilk kunlarida Aleksandr Lukaşenko bilan telefon orqali muloqot qilgani va u Rossiya Belarus hududidan Ukraina böylab raketa zarbalari yöllagani uçun uzr söragani va hatto bunga javoban Mozirskiy neftni qayta işlaş zavodi böylab zarba yöllaşni taklif qilgani haqida gapirdi. Ukraina prezidenti bu haqda olim va bloger Leks Fridmanning podkastida aytib bergan. 

«Uruş boşlanganidan bir neça kun ötib men Lukaşenko bilan telefon orqali gaplaşdim va u uzr söradi, u „bu men emasman, mening hududimdan raketalar uçirildi va ularni Putin uçirdi“ dedi. Bu uning sözlari, guvohlarim bor. U menga yana şunday dedi: „Sen işon, Volodya, bu men emasman, men nazorat qilmayapman, bu raketalar Putinniki…“.

Men unga u ham xuddi şunday qotil ekanini aytdim, u esa menga dedi: „Tuşun, ruslar bilan uruşib bölmaydi“. Men unga dedim: „Biz heç qaçon uruş qilmaganmiz. Raketalar sening yeringdan keldi, Belarusdan, bunga qanday yöl qöyding?“.

U aytdi: „Unda, mayli javob qaytar“. Men hozirgaça u şunday deganini eslayman: „Neftni qayta işlaş zavodi böylab zarbalar yölla, u men uçun qanday ahamiyatga egaligini bilasan-ku“…  Bu Mozirskiy zavodi edi. Men unga aytaman: „Sen nima deyapsan, qanaqa javob?“ Bu uruşning ikkinçi yoki uçinçi kunida bölgandi», – deya xotirlaydi Zelenskiy.

Aleksandr Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont Zelenskiyning bayonoti yuzasidan izoh berdi. 

«Belarus prezidenti Zelenskiydan heç qanday uzr söramadi, çunki bizda uzr söraş uçun heç qanday sabab yöq. Birinçi navbatda şuning uçunki, Ukraina birinçi bölib Belarusga qarşi sanksiyalar qöllagan, bu borada hatto Amerika va butun ğarbdan ham ilgarilab ketgandi», – deb ta’kidladi Eysmont.

Uning sözlariga köra, «Belarus va Ukraina prezidentlarining mojaroning dastlabki kunlaridagi suhbati faqatgina Belarus prezidenti kenja öğli Nikolayning hissiy reaksiyasi tufayli sodir bölgan», uning telefonida Zelenskiyning kontakti bor edi.

«Bu suhbatning mohiyati nimada edi: prezident, birinçi navbatda, mojaro Ukrainada, Zelenskiy hududida avj olgani va vaqt ötişi bilan odamlarning ölimi uçun aynan u javobgar bölişini aytdi. Şuning uçun ham bizning prezident muzokaralar stoliga ötirişga çaqirdi va bu amalga oşirildi: Belarusda uç raund, keyin esa Istanbulda muzokaralar ötkazildi», – deya qöşimça qilgan Lukaşenkoning matbuot kotibi.