2024 yilda Telegram messenjeri AQŞ rasmiylariga 900 ta sörovni bajarib, 2253 nafar foydalanuvçi töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etdi, deb yozadi 404 Media ixtisoslaştirilgan sayti Telegram Transparency Repors boti ma’lumotlariga tayanib. 1 yanvardan 30 sentabrgaça Telegram AQŞdan jami 108 foydalanuvçiga ta’sir qilgan «IP manzillar va/yoki telefon raqamlari» böyiça bor-yöği 14 ta sörovni bajargani inobatga olinsa, bu 2024 yil avgustida Fransiyada messenjer asosçisi Pavel Durov hibsga olinganidan söng taqdim etilgan ma’lumotlarning katta ösişidan dalolat beradi, deb ta’kidlaydi 404 Media.
Ayni paytda, bot 30 sentabrdan keyin Rossiyadan kelgan sörovlar böyiça ma’lumot bermayapti, deb yozdi The Moscow Times 8 yanvar, çorşanba kuni va kompaniya hisobotiga köra, Telegram 2024 yil töqqiz oyida Rossiya Federatsiyasidan birorta ham sörovni bajarmaganini ta’kidladi.
Telegram maxfiylik siyosatidagi özgarişlar
Bleeping Computer ta’kidlaşiça, Ğarb davlatlari messenjerga foydalanuvçi ma’lumotlari siyosatini özgartiriş uçun bosim ötkazişdan oldin Telegram terrorizm holatlarida faqat foydalanuvçilarning IP manzillari va telefon raqamlarini oşkor qilgan.
Biroq keyinroq Telegramʼning maxfiylik siyosati özgartirildi va Durov kiberjinoyat, noqonuniy tovarlar savdosi va onlayn firibgarlik kabi jinoyatlar böyiça foydalanuvçilar ma’lumotlarini huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirişga va’da berdi. «Agar Telegram tegişli adliya organlaridan sizning Telegramʼning xizmat körsatiş şartlarini buzgan jinoiy faoliyatda gumonlanuvçi ekanligingizni tasdiqlovçi qonuniy hujjat olsa, biz sörovning huquqiy tahlilini ötkazamiz hamda sizning IP manzilingiz va telefon raqamingizni oşkor qilişimiz mumkin», deyiladi qoidalarning yangi tahririda.
Telegram asosçisi Pavel Durov 2024 yil 24 avgust kuni Fransiyada kiberjinoyat işi böyiça hibsga olingan edi. U rasmiylar bilan hamkorlik qilişdan boş tortganlikda va Telegramʼda yetarliça moderatsiya yöqligi uçun bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlikda iştirok etganlikda ayblangan. Bir neça kundan söng Durov Fransiyani tark etmaslik va politsiyaga muntazam xabar berib turiş şarti bilan garov evaziga qöyib yuborildi.












