Qozoğistonning Ostona şahrida mahalliy «Passajirskiye perevozki» va «Öztemiryölyölovçi» kompaniyalari örtasida yölovçi taşişni rivojlantiriş va ikki davlat örtasidagi şeriklikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida turistik poyezdlarning harakatlanişi böyiça kelişuv imzolangan va qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça işçi guruh tuzilgan. Avvalroq, Qozoğistonning «Jibek jöli» sayyohlik poyezdi qatnovining yölga qöyilişi birinçi qadamlardan biri bölgan edi.
Ta’kidlanişiça, tomonlar, şuningdek, sayyohlik salohiyatini rivojlantirişda muhim qadam böladigan yangi xalqaro yönalişlar, jumladan, Ostona — Samarqand yönalişini oçiş imkoniyatlarini ham körib çiqqan.
Şu bilan birga, Olmaota – Toşkent yönalişidagi poyezdning harakatlaniş jadvali qayta körib çiqilib, yölovçilar uçun jönab ketiş va keliş vaqti qulay qilingan.
Qayd qilinişiça, «Olmaota-Toşkent» poyezdi ötgan yili 72 mingdan ortiq yölovçini taşigan.












