UTair aviakompaniyasining Moskva—Dubay reysini amalga oşirayotgan samolyoti «Vnukovo» aeroportiga favqulodda qönişni amalga oşirdi. Bu 2025 yil boşidan beri Rossiya aviakompaniyalariga tegişli havo kemalarining buzilişi bilan boğliq törtinçi holatdir. 

Ma’lum qilinişiça, samolyotning favqulodda qönişni amalga oşirişiga «gidravlik suyuqlik darajasining özgarişi» sabab bölgan. Flightradar24 servisi ma’lumotlariga köra, havo kemasi Boku osmonidan ötayotganida yana ortga, Moskvaga qaytgan. Samolyot bortida 240 yölovçi bölgan, ularning heç biriga jarohat yetmagan.

7 yanvar kuni UTair’ning Sankt-Peterburgdan Samarqandga uçayotgan Boeing 737 samolyoti ham nosozlik tufayli «Vnukovo» aeroportiga qönişga majbur bölgandi. 4 yanvarda esa Rossiyaning ikkita samolyoti reys vaqtida texnik muammoga duç kelgan: «Uralskiye avialinii»ning Airbus A321neo samolyoti hamda, NordStar’ning Boeing 737 havo kemasi.

Ukrainaga qarşi uruş boşlangunga qadar Rossiya aviaparkida 1031 ta samolyot bor edi — ularning uçdan ikki qismini Boeing va Airbus kompaniyalarining havo kemalari taşkil etgan. Ammo AQŞ va YeI uşbu samolyotlarga xizmat körsatişni, şuningdek, yangi laynerlar yetkazib berişni taqiqlab qöygan. 2023 yilda Rossiya hukumati yaşirin ravişda aviakompaniyalarga samolyotlar «kannibalizatsiyasi» — bir samolyotdagi soz ehtiyot qismlarni boşqasiga köçirib ötkazişga ruxsat bergan.

Dekabr boşlarida Rossiyaning eng yirik aviataşuvçisi — «Aeroflot» kompaniyasi «Volga-Dnepr» guruhidan beşta Boeing 737-800BCF yuk taşuvçi samolyotini sotib olişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgandi. Kompaniya Ğarb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli butlovçi qismlar kirib kelmayotgani bois uşbu samolyotlarning ehtiyot qismlaridan foydalanişni reja qilgan.