13 yanvar kuni Londonning raqobat böyiça apellyatsiya sudi millionlab britaniyalik iste’molçilar nomidan Apple kompaniyasiga qarşi qözğatilgan işni körişni boşlaydi, deb xabar berdi FT.
Da’vogarlar kompaniyani bozordagi mavqeini suiiste’mol qilganlikda va App Store orqali yuklab olingan dasturiy ta’minot uçun iste’molçilaridan «juda qimmat va adolatsiz» tölovlarni undirganlikda ayblamoqda. Da’vogarlar kompaniyadan 1,5 milliard funt tovon puli talab qilyapti.
Da’vo arizasida aytilişiça, Apple kompaniyasi iPhone va iPad uçun dastur işlab çiqaruvçilarni öz dasturiy ta’minotini faqat App Store orqali sotişga majburlab, monopoliya yaratgan. Kompaniya sotuvdan 30 foizgaça ustama oladi. Xarajatlar, da’vogarlarning aytişiça, iste’molçilar gardaniga tuşadi. Qayd qilinişiça, agar dasturiy ta’minot raqobatçi dökonlar orqali sotilganida ustama ança past bölar edi.
Apple da’voni «asossiz» deb hisoblaydi. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, ustama odatda boşqa ilovalar dökonlari oladigan qiymatga mos keladi.
Noyabr oyida Buyuk Britaniyada Apple kompaniyasiga qarşi yana bir sud jarayoni boşlandi. Da’vogarlar kompaniyani iCloud bulutli xizmatiga obuna sotib olişga majburlaganlikda ayblamoqda. Uşbu da’voda talab qilingan tovon 3 milliard funt sterlingni taşkil qiladi.












