14 yanvarga ötar keçasi ukrain dronlari Rossiyaning bir neça regionlariga — jumladan, Saratov, Voronej va Orlov oblastlari, şuningdek Tataristonga hujum qildi.

Engels va Saratovda hujumlar oqibatida ikkita sanoat korxonasi zarar kördi, deb xabar bergan gubernator Roman Busargin. Yetkazilgan zarar kölami noma’lum. Busarginning sözlariga köra, jarohatlanganlar yöq. «Ostorojno, novosti» telegram-kanaliga köra, Engelsda yana neft bazaga hujum qilingan. Guvohlarning sözlariga köra, obektga kamida ikki bor zarba kelib tuşgan, şundan keyin bu yerda yonğin boşlangan. Ukraina qurolli kuçlari oldin ham hujumga yöliqqan neft baza şikastlangani, Tu-160 bombardimonçi samolyotlari uçun möljallangan yonilği töldirilgan sisternalar yonib ketganini ma’lum qilgan.

Engelsdagi neft bazaga oxirgi marta 8 yanvarga ötar keçasi hujum qilingandi. Yonğinni öçirişga bir neça kun ketgan, 13 yanvar kuni Busargin oçiq yoniş bartaraf etilganini ma’lum qilgandi. Navbatdagi zarba ham xuddi şu bazaga berilgani yoki yöqligi noma’lum.

Şuningdek, Busargin 14 yanvar kuni Saratov va Engelsdagi darslar masofaviy rejimga ötkazilişini bildirgan.

Mahalliy telegram-kanallar yozişiça, Qozonda uçuvçisiz uçar qurilmalar «Gazprom»ga qaraşli bölgan suyultirilgan gaz klasteri bazasiga hujum qilgan. Baza hududidagi sisternalar yonib ketgan (telegram-kanallarga köra — uçta; mahalliy rasmiylar bittasi haqida xabar bergan).

Ayrim telegram-kanallar öz xabarlarida «Kazanorgsintez» zavodini tilga olişgan, ularning ma’lumotiga köra, zavod jabr körmagan. Şahar dispetçerlik xizmatidagilar TASS muxbiriga «federal telegram-kanallarda zavodda yonğin çiqqani» haqida tarqalgan xabarlar tasdiğini topmaganini xabar qilgan. «Yonğin „Orgsintez“da emas, balki Şimoliy-Ğarbiy köça, 10-uydagi binoda (suyultirilgan gaz klasteri bazasi) röy bergan», — degan agentlik bilan suhbatdagi manba.

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov dronlar hujumi oqibatida boşlangan yonğin joyiga borganini aytgan. Uning sözlariga köra, jabrlanganlar va jiddiy vayrongarçiliklar yöq, barça korxonalar ştat rejimida işlamoqda.

Orlov oblasti gubernatori Andrey Kliçkov ham ukrain dronlarining yopirilma hujumi haqida xabar bergan. Uning sözlariga köra, region uzra 17 ta dron urib tuşirilgan. Jabrlanganlar va şikastlaniş holatlari yöqligi aytilgan.

Bundan taşqari, dronlar Voronej oblastiga hujum qilgan. Gubernator Aleksandr Gusev tunda region ustida bir neça dron urib tuşirilgani, quruqlikda jarohat olganlar va vayrongarçiliklar qayd etilmaganini ma’lum qilgan.

Şu vaqtda Tula oblasti ham hujumga uçragan. Region gubernatori Dmitriy Milyayev Aleksin dron parçalari tuşişi oqibatida bir neça avtomobil va xöjalik binolari zararlanganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, tunda Tula oblasti hududida jami 17 dron yöq qilingan.

Astra telegram-kanalining anonim manbalariga köra, Tula oblastida tun davomida Aleksin kimyo kombinati, «Tulaçermet» va Aleksin issiqlik elektr stansiyasi hujumlar nişoni bölgan, bir nafar harbiy xizmatçi jarohatlangan.

13 yanvar kuni keçqurun Ukraina qurolli kuçlari «qöşma raketa zarbasi» uyuştirişga uringani haqida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz ham xabar bergandi. Uning sözlariga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari barça nişonlarni yöq qilgan, jarohatlanganlar bölmagan. Keyinroq RF mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlari Bryansk oblastiga oltita ATACMS, oltita Storm Shadow raketalari hamda 31 ta dron bilan hujum qilgani haqida xabar berdi. Rossiya harbiy idorasi xabarida barça snaryadlar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan yöq qilingani, qurbonlar va jabrlanganlar yöqligi aytilgan.

Ukraina qurolli kuçlari uçuvçisiz tizimlar kuçlari qömondonligi ukrain harbiylari Selso şahridagi Bryansk kimyo zavodiga aniq zarba yöllaganini xabar qilgan. Rossiya harbiy-sanoat kompleksidagi uşbu strategik obektda raketa yonilğisi uçun portlovçi moddalar va komponentlar, jumladan, artilleriya, baravar öt oçiş reaktiv tizimlari, aviatsiya uçun öq-dorilar, «X-59» raketalar işlab çiqariladi, «Grad», «Uragan» va «Tornado-G» tizimlari ta’mirlanadi.

Ukrainadagi naşrlarning mamlakat qurolli kuçlaridagi manbasi tungi hujum davomida Tula oblastida Aleksin kimyo kombinati, Saratov oblastining Engels aerodromidagi öq-dori ombori, Saratov neftni qayta işlaş zavodi va Bryansk kimyo zavodiga zarar yetkazilganini tasdiqlagan.

14 yanvar kuni Moskva vaqti bilan ertalabki soat yetti yarimda Rosaviatsiya Qozon, Kaluga, Saratov va Tambov aeroportlarida vaqtinçalik çeklovlar örnatilganini xabar qilgan. Bir soat ötib Kaluga va Tambovda çeklovlar bekor qilingan, ammo yana ikki aeroportda — Penza va Ulyanovskda çeklovlar kiritilgan.

Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlari Bryanskka raketa zarbasi yöllaşga uringani haqida xabar bergan, ammo ukrain dronlarining boşqa regionlarga uyuştirgan hujumlarini esga olmagan.