14 yanvar, seşanba kuni AQŞ Davlat departamenti binosida AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va Armaniston taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan öz mamlakatlari örtasidagi strategik şeriklik töğrisidagi nizomni imzoladilar. Uşbu hujjat törtta asosiy yönaliş böyiça ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişga asos soladi. Hamkorlik iqtisodiyot, xavfsizlik va mudofaa, demokratik islohotlar, şuningdek, ikki davlat fuqarolari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş orqali rivojlanadi, dedi Blinken imzolaş marosimida. Ilmiy-texnik hamkorlikka, jumladan, tinç yadroviy sohada hamkorlik qiliş imkoniyatlarini oçib beruvçi «123 kelişuv» böyiça bölajak muzokaralarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Armaniston xavfsizligini mustahkamlaş doirasida joriy yilning fevral oyida bojxona va çegara xizmatlari sohasidagi amerikalik mutaxassislar taşrif buyuradi. Harbiy hamkorlik «Burgut hamkor» qöşma maşğulotlari orqali davom etadi. Bundan taşqari, Yerevan xalqaro aksilterror koalitsiyasiga qöşilib, uning 88-a’zosiga aylanadi.

Ararat Mirzoyan, öz navbatida, strategik şeriklik darajasiga çiqişni umumiy qadriyatlar va manfaatlarga asoslangan munosabatlarning tabiiy rivojlanişi deb atadi. U, ayniqsa, Vaşingtonning Armaniston suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşi muhimligini ta’kidladi. Öz navbatida, Entoni Blinken Vaşington va Yerevan örtasidagi munosabatlarning yangi formati butun Janubiy Kavkazda barqarorlikka hissa qöşişiga işonç bildirdi.

Moskvaning vazmin munosabati

Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonni öz içiga olgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT)dagi Armanistonning asosiy hamkori bölgan Rossiya Yerevanning Qöşma Ştatlarning strategik hamkori böliş haqidagi qaroriga ança vazmin javob berdi. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 14 yanvar kuni özining yakuniy matbuot anjumanida bunday kelişuvni imzolaş Yerevanning suveren huquqi ekanligini va Moskva boşqa davlatlarga kim bilan munosabatlar örnatişi kerakligini aytiş niyatida emasligini aytdi. Lavrovning sözlariga köra, asosiy ahamiyatga ega bölgan narsa hujjatning nomi yoki uni imzolaş fakti emas, balki bunday hamkorlikning amaliy oqibatlaridir.

Sergey Lavrov Moskva va Yerevan örtasidagi munosabatlar oğir davrni boşidan ötkazayotganini tan olib, muloqotni davom ettiriş muhimligini ta’kidladi va ayni paytda Ararat Mirzoyanning Moskvaga taşrifi haqida ma’lum qildi.

Armanistonning taşqi siyosatidagi buriliş kuçaymoqda

Armanistonning taşqi siyosatidagi özgarişlar 2022 yil oxirida, Ozarboyjon qöşinlari Armanistonga kirib, çegara hududlaridagi hukmron balandliklarni egallab olganidan söng, Rossiya va KXŞT Yerevanning harbiy yordam söroviga javob bera olmaganida boşlandi.

Şundan söng Yerevan asta-sekin an’anaviy ittifoqçilaridan uzoqlaşa boşladi va oxir-oqibat KXŞT işidagi amaliy iştirokini töxtatdi. 2024 yil dekabrida Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan uşbu ittifoq bilan munosabatlarda yuz berayotgan özgarişlarni ortga qaytarib bölmasligini e’lon qildi. Armaniston KXŞTga a’zoligini rasman saqlab qolgan holda, uning faoliyatidagi har qanday iştirokini amalda töxtatdi: u takliflar kiritmayapti, hujjatlarni işlab çiqiş va muhokama qilişda qatnaşmayapti va veto huquqidan foydalanmayapti.